25/10/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari ulushi 57,3 %ga yetdi (2022-yil yanvar-sentabr oylarida – 57,2 %). 2023-yilning o‘tgan davrida avtomobil transporti xizmatlari umumiy hajmida yuk tashish xizmatlari hajmi 42,7 % (2022-yilning yanvar-sentabr oylarida – 42,8 %) darajasida qayd etildi.