Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 734,6 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning sentabr oyida yirik korxonalar tomonidan 126,2 tonna saryogʻ ishlab chiqarildi.