Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 12 873,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,5 %ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2022- yil yanvar-sentabr oylarida bu ko‘rsatkich 10 587,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 120,3 % darajasida qayd etilgan.
Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’ati Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida qayd etildi – 124,6 %.