So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yil yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda ishlab chiqarish sanoatida xorijiy investitsiya va kreditlar salmoqli oʻzlashtirilib, 81,5 trln soʻmni yoki jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 35 % ini tashkil etgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 98,2 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 1,8 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 20 934,2 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- oktabr holatiga jami 300 816 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar–sentabr oylarida respublikamizdagi jami yirik korxonalar tomonidan 7,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 343,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda jami 167,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.  

2024– yilning yanvar-sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 4 929,0 mlrd so‘mni yoki 2023– yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati  108,2 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 49,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 1 978 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 956 taga to‘gri keldi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 196 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1 683,2 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4 588,3 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 267,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida MDH mamlakatlariga 75,1 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 39,4 % ni tashkil etdi.