So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 859,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 3 165,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga  nisbatan 104,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 14 273,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 107,0 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 62,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 64,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 19,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 17- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 209 tani tashkil etib, ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 068,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 217 tonna dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 47,9 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz tomonidan 6 450,9 ming AQSH dollari qiymatidagi 37 665,1 tonna piyoz eksport qilindi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida jami 8 544 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra tovuq go‘shti savdo aylanmasi hajmi 7,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Sirdaryo viloyati 2024- yilning yanvar–avgust oylarida 4 633,9 ming AQSh dollari qiymatidagi 20 727,7 tonna qovun va tarvuzlar eksport qildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- sentabr holatiga 14 562 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024- yil yanvar-avgust oylarida qiymati 42,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 162 ming tonna karam eksport qilgan.