15/09/2025

   Joriy yilning 12-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Hujjat bilan mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilandi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etishda futbol uchrashuvlarida video yordamchi xakam (VAR) tizimini yanada kengaytirish, shaffof seleksiya tizimini joriy qilish va boshqalar nazarda tutilganligi toʻgʻrisida alohida qayd etildi.

   Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.