Sirdaryo viloyatida 2025-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4 597,3 tonna baliq ovlandi.
Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliqlarning eng katta hajmi – 2 518,4 tonna fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.
Ovlangan baliqlarning 54,8 % fermer xoʻjaliklariga, 1,8 % dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 43,4 % qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri keldi.