15/09/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi jami xizmatlar hajmi 1,6 trln so‘mni tashkil etgan.

   Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 8 % ga yoki 321,4 mlrd so‘mga oshgan.

   Shundan, hisoblar tuzish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy taftish (audit) sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 1,1 trln so‘mni yoki huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi jami xizmatlar hajmining 66,3 % ini tashkil etgan.