So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 23,7 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 23,6 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 12,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 154,2 mlrd so'mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,0 % ni, bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023–2024- o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan eng ko‘p xorijlik talabalar Hindistondan bo‘lib, ularning umumiy soni 5733 nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 35,4 trln soʻm ishlar bajarilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 68,8 mlrd so‘mni (2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,9 % ni) tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 8,8 % ni, fizik hajm indeksi 131,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 703,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 100,2 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi –32,5 %), sanoatda – 107,0 % (28,1 %), qurilishda – 104,2 % (7,0 %), xizmatlar sohasida – 106,5 % ni (32,4 %) tashkil etdi.

Joriy yilning 1- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida, “Yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy oʻzgarishlari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, Konstitutsiyani yangilashga zarurat va maqsadi, konstitutsiyaviy islohotlar bosqichlari, yangi konstitutsiyaning ijtimoiy himoya va atrof-muhitni asrash borasidagi asosiy yangiliklari haqida soʻz yuritildi.

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 32 million boshga yetgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 64 553 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan,  2024-yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.

2024– yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 59,6 ming t. go‘sht yetishtirildi.