So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tomonidan 3 995,8 ming AQSH dollari qiymatidagi 14 056,8 tonna no‘xat eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Sirdaryo viloyatida qayta ishlash sanoatida jami 2 545,5 mlrd so‘m yoki viloyat bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 29,2 foizi o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibidan 11,9 foizi yoki 1 039,2 mlrd so‘mi to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ishlab chiqarish sohasiga tegishlidir.

Joriy yilning 15- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun vebinar boʻlib oʻtdi. Ushbu vebinarda, 5-narx oʻrtacha kuzatuvini oʻtkazish tartibi, narxlar statistikasiga oid atamalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Joriy yilning 15- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlamentarizmni kuchaytirish sari dadil qadam bu – yangi Konstitutsiya” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun sanoat ishlab chiqarishi hajmini shakllantirishining axborot manbalari, isteʼmol tovarlari haqida

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 219 tani tashkil etib, ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Sirdaryo viloyatida Elektr-gaz ta’minoti faoliyati turi bo‘yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 924 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, umumiy investitsiyalar hajmining 44,9 foizini tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida sigirlar bosh soni 181,8 mingtaga yetdi. Sigirlar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta hajmi – 152,9 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.