So'nggi yangiliklar
13/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 12- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limi xodimlariga tadbirkorlik statistikasiga oid tushunchalar, 1 KB shakli hisobotiga tayyorgarlik, choraklik hisobotlar, 4- korxona MIZ hisoboti, 4- KB savolnomasi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
13/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024- yil yanvar-sentabr oylaridagi ulushi 56,3 % ni tashkil etdi.
13/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida tijorat banklari kreditlari va boshqa tashkilot qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 200,3 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,3 foizni tashkil etdi.
13/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5421,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 38,0 % ni tashkil etdi.
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 12 109 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 961 tani tashkil qildi (ulushi 7,9 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Baliqlarni ovlash bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Mirzaobod tumani egalladi. Uning ovlangan baliqlar hajmidagi ulushi 53,1 %. Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Sardoba (10,5 %), Boyovut (7,9 %), Guliston (7,8 %), Sayxunobod (6,4 %) va Xovos tumanlarida (6,3 %) qayd etildi.
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 11- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun, 1-hudud shakli “Tuman va shaharlarning ma’muriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida” gi yillik hisobot shaklini qanday toʻldirilishi hamda oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, non va non mahsulotlari savdo aylanmasi hajmi 26,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tomonidan 237,4 ming AQSH dollari qiymatidagi 216,4 tonna pomidor eksport qilindi.
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 11- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika xodimlariga korxona tashkil qilish va uning faoliyatini to‘xtatishni soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risida idoraviy hujjatlar tanishtirilib, tushuntirib berildi.
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdoning ulushi, savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 62 foizni tashkil etdi.
12/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Sirdaryo viloyatida 2024- yil yanvar-sentabr oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 4 824,9 mlrd so‘mni yoki, 2023-yilning mos davriga nisbatan 64,1 % ni tashkil etdi.
85-sahifa 560 dan