So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo aylanmasi hajmi 7,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun qishloq xoʻjaligi sohasi toʻgʻrisida tushunchalar va mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qishloq xoʻjaligi statistikasining umumiy koʻrsatkichlariga oid tushunchalar, ekologiya statistikasining umumiy koʻrsatkichlariga oid tushunchalar boʻyicha vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tomonidan 13,7 ming AQSH dollari qiymatidagi 8,9 tonna grek yong‘og‘i eksport qilindi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tomonidan 722,4 ming AQSH dollari qiymatidagi 689,8 tonna yangi uzum yoki quritilgan uzum eksport qilindi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida jami 8 602 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Joriy yilning 13- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun tashqi va ichki savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar, ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Yirik shoxli qoramollar bosh soni bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Boyovut tumani egalladi. Uning, yirik shoxli qoramollar sonidagi ulushi 16,6 %. Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Sayxunobod (15,3 %), Guliston (12,4 %) va Sirdaryo (11,5 %), Xovos (11,0 %) va Mirzaobod tumanlarida (10,4 %) qayd etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra tovuq go'shti savdo aylanmasi hajmi 8,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 68,8 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,9 % ni tashkil etdi.