16/06/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar jami sanoat mahsulotlarining 53,0 % ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 3,5 % ni (2022- yilning yanvar-aprel oylarida – 4,8 %), o‘rta-yuqori texnologiyali – 3,9 % (3,4 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 20,9 % (19,7%) va quyi texnologiyalisi – 71,7 % (72,1 %) ni tashkil etdi.