12/06/2023

Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish, xodimlar salomatligini yaxshilash shuningdek, ular oʻrtasida turli sport turlarini ommalashtirish maqsadida joriy yilning 9-iyun kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tizim xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida o‘yinda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarga Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Boshqarma tomonidan bunday sport tadbirlari kelgusida ham doimiy tarzda o‘tkazilib borilishi belgilangan.