Joriy yilning 30-sentabr kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasining sentabr oyida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarmaning Statistika ishlarini tashkil etish va maʼlumotlarni tarqatish boʻlimi boshligʻi A.Mamatqobilov tomonidan asosan Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1170, “Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1171, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1172-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida maʼlumot berildi.





