09/10/2026

     2026-yil 9-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1155-son Qonuni hamda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati haqida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, mazkur hujjatlarning maqsadi, mazmuni va ahamiyati boʻyicha tegishli tushuntirishlar berib oʻtildi. Jumladan, rasmiy statistikaning sifatini taʼminlash maqsadida uni doimiy baholab borish, baholashining statistik usullaridan toʻgʻri foydalanish va shu kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Mashgʻulot jarayonida xodimlar ularni qiziqtirgan savollariga javob olishdi.