Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 280,8 mingta tirik tugʻilishlar qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlarning farzandlar ketma-ketligi boʻyicha soni:
Birinchi (toʻngʻich) farzand – 66,6 mingta
Ikkinchi farzand – 91,2 mingta
Uchinchi farzand – 80 mingta
Toʻrtinchi va undan keyingi farzand – 43 mingta