Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 23 ta davlatga qiymati 35,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 45,5 ming tonna mosh eksport qilgan.
Mosh eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – 42 ming tonna
Pokiston – 1,0 ming tonna
Qozogʻiston – 588 tonna
Tojikiston – 559 tonna
Rossiya – 257 tonna
Niderlandiya – 191 tonna
Turkiya – 163 tonna
Koreya – 48 tonna