2023-yilning 1-may holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 797 tani tashkil etib, 84,1 foizini (11 602 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 3 487 ta
Sirdaryo tumani – 1 637 ta
Mirzaobod tumani – 1 251 ta
Boyovut tumani – 1 167 ta
Sayxunobod tumani – 1 109 ta
Guliston tumani – 1 044 ta
Sardoba tumani – 998 ta
Oqoltin tumani – 939 ta
Yangiyer shahri – 939 ta
Xovos tumani – 851 ta
Shirin shahri – 375 ta