Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 504,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 32 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Avtomobil benzini – 504,6 ming tonna
Koʻmir – 1 471,5 ming tonna
Neft – 258,5 ming tonna
Gaz kondensati – 423,1 ming tonna
Avtobus – 257 dona
Yuk avtomobillari – 717 dona
Avtomobil dvigatellari – 62 ming dona
Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 82 383 dona