Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1 267,0 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 98,4 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022-yilga nisbatan 103,8 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Boyovut (209,4 mlrd. so‘m), Sayxunobod (178,3 mlrd. so‘m), Guliston (163,7 mlrd. so‘m), Sardoba (158,5 mlrd. so‘m), Sirdaryo (157,3 mlrd. so‘m) hamda Mirzaobod (128,0 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.