Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 81,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2 544 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilgan.
Oʻzbekiston 4 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2 278 ta
Gonkong – 202 ta
Germaniya – 32 ta
BAA – 16 ta
Koreya – 9 ta
AQSH – 4 ta