22/05/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 56,6 trln soʻmni tashkil etgan.

Shundan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 25,1 trln coʻm miqdorida qayd etilgan.

Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor davlatlar:

Xitoy – 19,9 %

Rossiya – 15,7 %

Saudiya Arabistoni – 13,5 %

Turkiya – 6,1 %

Kipr – 5,4 %

Germaniya – 3,3 %

Shveysariya – 3 %

Singapur – 2,9 %

Gonkong – 2,8 %

Buyuk Britaniya – 2,7 %