Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 193,9 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 90,0 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yilga nisbatan 139,5 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Boyovut tumani (3 193,9 mlrd. so‘m), Guliston shahar (165,7 mlrd. so‘m), Xovos tumani (149,8 mlrd. so‘m), Mirzaobod tumani (94,1 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (88,1 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (53,7 mlrd. so‘m) hamda Guliston (46,1 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.