Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 mlrd AQSH dollariga yoki 13,4 % ga oshgan.
4 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 7,7 mlrd AQSH dollari va import 11,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.