15/05/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 283,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 10 489 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1981 taga oshgan.

Oʻzbekiston 3 oyda 19 ta davlatdan yengil avtomobillar import qilgan.

3 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 6007 ta

Koreya – 3643 ta

AQSH – 460 ta

Gonkong – 187 ta

Yaponiya – 81 ta

Germaniya – 59 ta

Avstriya – 14 ta

BAA – 13 ta