12/05/2023

Joriy yilning 11-may kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma, tuman va shahar xodimlariga, “Korrupsiya va poraxo‘rlik” mavzusida seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev, Sirdaryo viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi D.Chuliev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, boshqarma va tuman-shahar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.  

Seminarni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni Sirdaryo viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi D. Chulievga berdi. D.Chuliev 2017-yil 3-yanvarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlovchi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi. Qonunda korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari, ularning bu boradagi vakolatlari, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, ushbu jinoyatga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarraligi kabi tamoyillar mustahkamlab qo‘yilganligi shuningdek pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.  

Seminar yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga D.Chuliev javob berib o‘tdi.