Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-mart oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasining ulushi 2,2 % ni tashkil etib, 26 389,9 mln. so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,4 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 88,4 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.