28/04/2023

Joriy yilning 28-aprel kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi mening faxrim!” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi. Tizim xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu ma`naviyat soatida boshqarma boshligʻi U.Elmuratov soʻzga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirishlar, Konstitutsiyaning asosiy yangiliklari, referendumning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida toʻhtalib oʻtdi. Davra suhbati davomida boshqarmaning boʻlim boshliqlari Sh.Abdullayeva, O.Xazratqulovlar soʻzga chiqishib o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.