2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 81,7 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022- yilning shu davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 127,4 % ni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun:
2022- yilning yanvar-mart oylarida ushbu xizmat turi hajmi 62,5 mlrd. so‘m yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,5 % ga teng bo‘lgan. O‘sish sur’ati esa 119,7 % ni tashkil etgan.