26/04/2023

Joriy yilning 25-aprel kuni Guliston shahar hokimiyatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmuni va mohiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatini Guliston shahar statistika boʻlimi boshligʻi Alisher Qurbonov ochib berdi va soʻzni viloyat statistika boshqarmasi Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi. K.Gaynazarova qonunlardagi tushunchalar, prinsiplari, rasmiy statistika maʼlumotlarini tayyorlovchilar va respondentlarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Davra suhbatida Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi aʼzolari hamda deputatlar ishtirok etdilar.