20/04/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 588 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 401 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 863 ta

Sirdaryo tumani – 1 343 ta

Sayxunobod tumani – 936 ta

Boyovut tumani – 918 ta

Guliston tumani – 874 ta

Mirzaobod tumani – 828 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 212 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 108 ta

sanoat sohasida – 1 623 ta

qurilish sohasida – 1 200 ta