2023-yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 588 tani tashkil etib, 84,4 foizini (11 466 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 3 435 ta
Sirdaryo tumani – 1 608 ta
Mirzaobod tumani – 1 243 ta
Boyovut tumani – 1 152 ta
Sayxunobod tumani – 1 104 ta
Guliston tumani – 1 036 ta
Sardoba tumani – 960 ta
Oqoltin tumani – 932 ta
Yangiyer shahri – 927 ta
Xovos tumani – 819 ta
Shirin shahri – 372 ta