2023-yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 652 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 12,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 623 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 370 ta
Sirdaryo tumani – 221 ta
Mirzaobod tumani – 162 ta
Boyovut tumani – 154 ta
Sayxunobod tumani – 138 ta
Yangiyer shahri – 136 ta
Guliston tumani – 115 ta
Xovos tumani – 112 ta
Sardoba tumani – 90 ta
Oqoltin tumani – 88 ta
Shirin shahri – 66 ta