30/03/2023

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻyicha bosh maslahatchi A.Axrorov, boshqarma, tuman va shahar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov kirish so‘zi bilan ochib berib kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻyicha bosh maslahatchi A.Axrorovga berdi.

A.Axrorov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirishlar, Konstitutsiyaning asosiy yangiliklari, referendumning mazmun-mohiyati, referendumga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortgani to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga toʻliq va batafsil maʼlumotlarni berib o‘tdi.

Shuningdek A.Axrorov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 2023-yil 15-mart kuni matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganligi, har bir fuqaro uning toʻliq matni bilan tanishib chiqishi va 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faol qatnashib yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berishi mumkinligini taʻkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida A.Axrorov xodimlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblarni berib o‘tdi.