29/03/2023

2023-yilning 1-mart holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 4 177 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami kichik tadbirkorlik subyektlarining 36,8 foiz ulushini tashkil etdi.

Hududlar kesimida savdo sohasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 232 ta

Sirdaryo tumani – 557 ta

Boyovut tumani – 383 ta

Guliston tumani – 334 ta

Yangiyer shahri – 303 ta

Mirzaobod tumani – 285 ta

Oqoltin tumani – 279 ta

Sayxunobod tumani – 277 ta

Sardoba tumani – 227 ta

Xovos tumani – 186 ta

Shirin shahri – 114 ta