Joriy yilning 24-mart kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma, tuman va shahar xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13- dekabrdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 6-yanvardagi 01/2-20-12/3-144-sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev raisligida masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.
K.Gaynazarova O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Davlat statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, ma`ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditasiya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-820-son Qonuni, 2023-yil 13-martdagi “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-822-son Qonuni, 2023-yil 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-823-son Qonuni va boshqa qonun xujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini eshitildi va tegishli qaror qabul qilindi.