24/03/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O’zbekistonda 2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 432 607 ta bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 429 031 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 83 104 ta

Samarqand viloyatida – 39 312 ta

Toshkent viloyatida – 38 146 ta

Farg‘ona viloyatida – 35 312 ta

Qashqadaryo viloyatida – 32 896 ta

Andijon viloyatida – 31 104  ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 155 305 ta

sanoat sohasida – 77 068 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 185 ta

qurilish sohasida – 36 929 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 29 039 ta