24/03/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar oyida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 778,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,4 % ga yetdi. Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (51,4 foiz) hamda Toshkent viloyati (8,4 foiz) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.