2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 2147,1 mln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 103,7 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 57,5 % ni tashkil etdi.