24/03/2023

Joriy yilning 24-mart kuni Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi bilan hamkorlikda, boshqarma xodimlari ishtirokida yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

Ushbu yig‘ilishida Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi U.Elmuratov, boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Jurayeva, Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi raisi o‘rinbosari A.Tadjiyev, boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda boshqarma boshligʻi U.Elmuratov, boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Jurayeva 2022-yilda amaldagi jamoa shartnomasini bajarilishi yuzasidan hisobot berdilar.

Yig‘ilish davomida 2023-2025-yillarga yangi jamoa shartnomasini loyihasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi raisi o‘rinbosari A.Tadjiyev boshqarma xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga javob berdi.