2023- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 86,5 % to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 2,5 punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 61,3 % ni tashkil etgan holda 135,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.