23/03/2023

2023- yilning yanvar oyida hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi engyuqori ulushi Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri kelib 21,3 % , Guliston shahri 20,7%, Sayxunobod tumani 13,4 % hamda Xovos tumani 9,9 % ni tashkil etdi. Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (101,2 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Yangiyer shahri, Boyovut tumani, Xovos tumani hamda Oqoltin tumanida qayd etildi.