Barchamizga ma'lumki, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-mart 111-F sonli farmoyishi bilan 2023-yil 18-mart sanasi yurtimizda "Umumxalq xayriya hashari" kuni deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 18-mart kuni erta tongdan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Umumxalq xayriya hashari” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu “Umumxalq xayriya hasharida” boshqarmaning barcha xodimlari faol ishtirok etishdi. Jumladan, boshqarma xodimlari, boshqarma binosi va uning atrofidagi hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarga shakl berilib oqlash, begona o‘t qoldiqlari va chiqindilardan, xas-xashaklardan tozalash, bino ichidagi ish joylarining sanitariya-gigiyena ahvolini yanada yaxshilash, tozalash kabi ishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirdilar.