Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 301,3 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 223,6 mlrd. so‘mni, fuqarolik ob’ektlari quilish bo‘yicha 35,0 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 42,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 74,2 %, 11,6 % va 14,2 % ni tashkil etdi.