2023-yilning 1-mart holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13 544 tani tashkil etib, 84,5 foizini (11 443 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 3 394 ta
Sirdaryo tumani – 1 708 ta
Boyovut tumani – 1 289 ta
Mirzaobod tumani – 1 161 ta
Oqoltin tumani – 1 060 ta
Sayxunobod tumani – 1 018 ta
Guliston tumani – 992 ta
Sardoba tumani – 912 ta
Yangiyer shahri – 880 ta
Xovos tumani – 767 ta
Shirin shahri – 363 ta