15/03/2023

2023- yilning 15-mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev Xovos tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi mutaxassisi F.Murodov bilan birgalikda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.