2023-yilning 1-mart holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 660 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 12,3 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 629 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 360 ta
Sirdaryo tumani – 243 ta
Boyovut tumani – 174 ta
Mirzaobod tumani – 152 ta
Yangiyer shahri – 133 ta
Sayxunobod tumani – 128 ta
Oqoltin tumani – 113 ta
Guliston tumani – 110 ta
Xovos tumani – 104 ta
Sardoba tumani – 84 ta
Shirin shahri – 59 ta