15/03/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 270 trln. soʻmni tashkil etgan. 

Shundan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 112,2 trln. coʻm miqdorida qayd etildi.

Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor davlatlar:

Rossiya – 20,3 %

Xitoy – 16,4 %

Turkiya – 10,1 %

Germaniya – 6 %

Saudiya Arabistoni – 6 %

AQSH – 3,8 %

Kipr – 3 %

Italiya – 2,4 %

Shveysariya – 1,9 %

Buyuk Britaniya – 1,6 %