Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar egallaydi. 2023- yilning yanvar oyida ularning ulushi 34,6 % ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yuqori sur’atlar savdo (24,3 %), transport xizmatlari (12,9 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (6,5 %) qayd etildi.